Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Payg`ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O`zi kifoya qilur. (79)
Tafsir
Ey odam bolasi, farzand boʻladimi, rizq boʻladimi, seni xursand qilayotgan har bir nemat Allohning fazlu marhamatidandir. Oʻsha farzand yoki rizqingga yetayotgan har bir shikast oʻzingdan, oʻzing qilayotgan gunohlaring kasofatidandir. Ey Paygʻambar alayhissalom, Biz sizni hamma odamlarga paygʻambar qilib yubordik. Ularga Parvardigoringizning risolatini yetkazasiz. Sizning chin paygʻambar ekaningizga Allohning Oʻzi yetarli guvohdir. Zotan, U Zot sizga bu borada yetarlicha dalil va hujjatlar ato etdi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: