Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 80)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 80

مَنْ يُطِعِ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللَّهَ ۖ وَمَنْ تَوَلَّىٰ فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا 80 ٨٠

Kim Payg`ambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo`lur. Kim yuz o`girsa, Biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. (80)

Tafsir
Kim Paygʻambar alayhissalomning buyrugʻini bajarib, taqiqlaridan tiyilib, u zotga itoat etsa, demak, Allohning farmonini bajaribdi. Ey Paygʻambar alayhissalom, kim sizga itoat etishdan bosh tortsa, aslo xafa boʻlmang. Biz sizni ularni kuzatib, nazorat qilib turadigan qoʻriqchi qilib yuborganimiz yoʻq. Ularning amallarini hisob-kitob qilish Bizning ishimizdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin