Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 90)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 90

إِلَّا الَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِيثَاقٌ أَوْ جَاءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَنْ يُقَاتِلُوكُمْ أَوْ يُقَاتِلُوا قَوْمَهُمْ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَاتَلُوكُمْ ۚ فَإِنِ اعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَاتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْا إِلَيْكُمُ السَّلَمَ فَمَا جَعَلَ اللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًا 90 ٩٠

Magar siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, o`z qavmlari bilan ham urushish ko`ngillariga sig`masdan huzuringizga kelsalar, mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qo`yardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan, tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo`l bermas. (90)

Tafsir
Ammo sizlar bir qavm bilan urushmaslikka ahdlashgan boʻlsangizlar va ular shu qavmga kelib qoʻshilsalar yoki xoh sizlar bilan boʻlsin, xoh oʻzlarining qavmi bilan boʻlsin, urushish joniga tegib, oldingizga kelgan boʻlsalar, ularga tegmangiz! Agar Alloh istasa edi, ularni sizlardan ustun qilib qoʻygan boʻlar edi va ular sizlarga qarshi jang qilar edilar. Shunday ekan, Alloh bergan bu ofiyatdan mamnun boʻlib, ularni oʻldirmangiz, asir ham olmangiz. Oʻzlarini chetga olib, sizlarga qarshi jang qilmay sulh tuzishni taklif qilib kelsalar, uni qabul qilingiz. Alloh sizlar uchun ularning ustiga hech qanday yoʻl bermaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin