Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 91)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 91

سَتَجِدُونَ آخَرِينَ يُرِيدُونَ أَنْ يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُوا قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوا إِلَى الْفِتْنَةِ أُرْكِسُوا فِيهَا ۚ فَإِنْ لَمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوا إِلَيْكُمُ السَّلَمَ وَيَكُفُّوا أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ۚ وَأُولَٰئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَانًا مُبِينًا 91 ٩١

Sizdan ham, o`z qavmlaridan ham omonda bo`lishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chog`larida unga sho`ng`iydigan boshqa birovlarni ham ko`rasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qo`llarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qayerda topsangiz, o`ldiring. Ana o`shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik. (91)

Tafsir
Ey moʻminlar, munofiqlarning yana bir toifasi sizlardan tinch boʻlish uchun sizlarga kelib, moʻminligini izhor qiladilar. Qavmidan tinch boʻlish uchun esa ularga borib, kofirligini izhor qiladilar. Allohga kufr va shirk keltirishga chaqirilsalar, oʻshanga chin dildan berilib ketadilar. Bu toifa sizlarga qarshi jang qilishdan tiyilib, sulh istab kelmasalar, ularni topgan joyingizda ushlab oʻldiringiz. Bunday tuban munofiqlarni ushlab oʻldirish uchun ularning makri va xiyonati tufayli Biz sizlarga ochiq hujjat qilib berdik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin