Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 92)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 92

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَنْ يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلَّا خَطَأً ۚ وَمَنْ قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَأً فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُسَلَّمَةٌ إِلَىٰ أَهْلِهِ إِلَّا أَنْ يَصَّدَّقُوا ۚ فَإِنْ كَانَ مِنْ قَوْمٍ عَدُوٍّ لَكُمْ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُؤْمِنَةٍ ۖ وَإِنْ كَانَ مِنْ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ مِيثَاقٌ فَدِيَةٌ مُسَلَّمَةٌ إِلَىٰ أَهْلِهِ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُؤْمِنَةٍ ۖ فَمَنْ لَمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةً مِنَ اللَّهِ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا 92 ٩٢

Mo`min mo`minni o`ldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mo`minni bilmasdan o`ldirib qo`ysa, bas, unga mo`min qulni ozod qilish va (o`lganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib bo`lur. Agar u sizga dushman qavmdan bo`lib, o`zi mo`min bo`lsa, mo`min qulni ozod qilish vojib bo`lur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan bo`lsa, ahliga beriladigan xun va mo`min qulni ozod qilish vojib bo`lur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy ro`za tutish vojib bo`lur. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. (92)

Tafsir
Moʻmin moʻminni oʻldirishi mumkin emas. Bilmasdan oʻldirib qoʻyishi bundan mustasno. Kim bir moʻminni bilmay oʻldirib qoʻysa, qilmishining kafforati uchun bir moʻmin qulni ozod qilishi va marhumning merosxoʻrlariga xun toʻlashi vojibdir. Bu vazifa faqat qotilning oʻzigagina emas, uning yaqin, merosxoʻr qarindoshlari gardaniga ham tushadi. Lekin agar marhumning merosxoʻrlari xunidan kechib yuborsalar, uni toʻlashi shart boʻlmaydi. Agar marhum moʻminlarga dushman qavmdan boʻlib, oʻzi moʻmin boʻlsa, qotilga faqat bir moʻmin qulni ozod qilishi vojib boʻladi, xolos. Xun toʻlashi esa vojib boʻlmaydi. Agar oʻlgan odam moʻminlar bilan sulh tuzgan qavmdan boʻlib, oʻzi moʻmin boʻlmasa, qotilning merosxoʻrlariga oʻldirilgan kishining merosxoʻrlariga xun toʻlashlari vojib boʻladi. Qotil esa qilmishiga kafforat sifatida bir qulni ozod qiladi. Bir qul ozod qilishga yoki uning pulini toʻlashga qodir boʻlmasa, muttasil ikki oy roʻza tutmogʻi lozim boʻladi. Toki, Alloh uning qilgan gunohini kechirsin. Alloh bandalarining qilayotgan ishlarini ham, dillaridagi niyatlarini ham koʻrib-bilib turadigan, har bir shariati va tadbirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin