Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 94)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 94

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا ضَرَبْتُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَتَبَيَّنُوا وَلَا تَقُولُوا لِمَنْ أَلْقَىٰ إِلَيْكُمُ السَّلَامَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَعِنْدَ اللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ ۚ كَذَٰلِكَ كُنْتُمْ مِنْ قَبْلُ فَمَنَّ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا 94 ٩٤

Ey, iymon keltirganlar! Allohning yo`lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo`min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o`tkinchi o`ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, ko`plab o`ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne'mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (94)

Tafsir
Ey, Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, Allohning yoʻlida jihodga chiqsangiz, kim bilan jang qilish kerakligini aniqlab olingsiz. Kimdir sizga oʻzini musulmon qilib koʻrsatsa:"Sen moʻmin emassan, moling va joningni saqlab qolish uchun shunday deyapsan", demangiz. Dunyoning arzimas matosi - oʻlja uchun uni oʻldirmangiz. Allohning huzurida yaxshiroq va ulkanroq oʻljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, iymoningizni qavmingizdan yashirib yurardingiz. Oʻshanda Alloh sizga Islom nematini berib, joningizni saqlab qolgandi. Bas, kim bilan jang qilishni aniqlab olingiz. Mayda boʻlsin, yirik boʻlsin, qilayotgan biron amalingiz Allohdan yashirin qolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin