Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
O`ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Er yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo`lmasmidi?!» derlar. Ana o`shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! (97)
Tafsir
Farishtalar kufr diyoridan Islom diyoriga hijrat qilmasdan oʻzlariga jabr qilgan kishilarning jonlarini olayotganda ularni koyib: "Qay ahvolda edingiz? Mushriklardan nimangiz bilan ajralib turardingiz?", deydilar. Shunda ular uzrlarini aytib: "Biz zaif, bechora edik, kuch-quvvatimiz, imkonimiz yoʻq edi, oʻzimizni oʻzimiz himoya qila olmas edik", deyishadi. Shunda farishtalar: "Allohning diyorlari keng edi-ku, yurtingizdan chiqib ketib, joningiz va diningizni xoʻrlik va zoʻrlikdan asrab qolishingiz mumkin edi-ku", deydilar. Ana oʻsha hijrat qilmaganlarning borib oʻrnashadigan joylari doʻzaxdir. U naqadar yomon joy va naqadar yomon oqibat!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: