Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chog`ingizdagi Allohning g`azabi sizning o`zingizga (hozirgi) g`azabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur. (10)
Tafsir
Qiyomat kuni Allohga va paygʻambarlarga kufr keltirganlar doʻzaxga kirib, oʻzlaridan oʻzlari gʻazablanib, oʻzlarini oʻzlari lanatlab turgan paytlarida ularga shunday nido qilinadi: "U dunyoda Allohga iymon keltirishga chaqirilgan paytingizda kufr keltirgan, shirk keltirgan edingiz. Oʻsha paytdagi Allohning sizlardan gʻazablanishi hozirgi oʻzingizdan oʻzingiz gʻazablanishingizdan qattiqroqdir".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: