Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 18

وَأَنْذِرْهُمْ يَوْمَ الْآزِفَةِ إِذِ الْقُلُوبُ لَدَى الْحَنَاجِرِ كَاظِمِينَ ۚ مَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ حَمِيمٍ وَلَا شَفِيعٍ يُطَاعُ 18 ١٨

Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. O`shanda jonlar xalqumga kelib, g`am-g`ussaga to`lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir do`st ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo`q. (18)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ularni Qiyomat kunidan, uning yaqinlashayotganidan ogohlantiring. U kun albatta keladi. Har bir keladigan narsa yaqindir. Oʻsha kunning dahshatidan yuraklar halqumlarga kelib, biron kimsa gapira olmay qoladi. Faqat Rahmon izn bergan kishigina gapiradi. Shirku masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari jabr qilgan zolimlarga biron mehribon doʻst ham, gapi oʻtadigan shafoatchi ham boʻlmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin