Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 20

وَاللَّهُ يَقْضِي بِالْحَقِّ ۖ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ لَا يَقْضُونَ بِشَيْءٍ ۗ إِنَّ اللَّهَ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ 20 ٢٠

Alloh haq ila hukm qilur. Undan o`zga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir. (20)

Tafsir
Alloh adolat bilan hukm qiladi. Hech kimga zulm qilmaydi. Biron kishining yaxshiliklarini kamaytirib yoki yomonliklarini koʻpaytirib yubormaydi. Mushriklarning Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlari esa biron narsa ustidan hukm qila olmaydilar. Chunki ularda hech qanday huquq yoʻq. Alloh bandalarining gaplarini eshitib, niyatlari va amallarini koʻrib turguvchi Zotdir. Yaqinda ularga qilgan ishlariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin