Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 34)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 34

وَلَقَدْ جَاءَكُمْ يُوسُفُ مِنْ قَبْلُ بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا زِلْتُمْ فِي شَكٍّ مِمَّا جَاءَكُمْ بِهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَنْ يَبْعَثَ اللَّهُ مِنْ بَعْدِهِ رَسُولًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُرْتَابٌ 34 ٣٤

Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u o`zingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg`ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi. (34)

Tafsir
Oldin Yusuf sizlarga Allohning yagona iloh ekaniga dalolat qiluvchi ochiq-ravshan hujjatlarni olib kelgandi. Sizlar esa u olib kelgan risolatga tinimsiz shak keltiraverdinglar. Hatto Yusuf vafot etganidan keyin ham shak keltirishingiz tinmadi, aksincha, ziyoda boʻldi. Endi Yusufdan keyin Alloh paygʻambar yubormaydi, deyishgacha bordinglar. Alloh Oʻzi belgilab qoʻygan hadlardan oshadigan va U Zotning bir ekaniga shak keltiradiganlarni mana shunday adashtirib qoʻyadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin