Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 34 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 34 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ جَاءَكُمْ يُوسُفُ مِنْ قَبْلُ بِالْبَيِّنَاتِ فَمَا زِلْتُمْ فِي شَكٍّ مِمَّا جَاءَكُمْ بِهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَنْ يَبْعَثَ اللَّهُ مِنْ بَعْدِهِ رَسُولًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ اللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُرْتَابٌ 34
Tarjima:
Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u o`zingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg`ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi. Ghafir 40:34
Tafsir:
Oldin Yusuf sizlarga Allohning yagona iloh ekaniga dalolat qiluvchi ochiq-ravshan hujjatlarni olib kelgandi. Sizlar esa u olib kelgan risolatga tinimsiz shak keltiraverdinglar. Hatto Yusuf vafot etganidan keyin ham shak keltirishingiz tinmadi, aksincha, ziyoda boʻldi. Endi Yusufdan keyin Alloh paygʻambar yubormaydi, deyishgacha bordinglar. Alloh Oʻzi belgilab qoʻygan hadlardan oshadigan va U Zotning bir ekaniga shak keltiradiganlarni mana shunday adashtirib qoʻyadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 33 Keyingi Ghafir • Oyat 35