Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 35 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 35 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ ۖ كَبُرَ مَقْتًا عِنْدَ اللَّهِ وَعِنْدَ الَّذِينَ آمَنُوا ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ قَلْبِ مُتَكَبِّرٍ جَبَّارٍ 35
Tarjima:
Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq g`azabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zo`ravon qalbni muhrlar», dedi. Ghafir 40:35
Tafsir:
Allohning oyatlari haqida hech bir hujjatsiz, dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh nazdida ham, moʻminlar nazdida ham katta nafratga duchor boʻladilar. Alloh mana shularning qalblarini muhrlab qoʻyganidek, har bir haqni tan olishdan oʻzini katta olgan mutakabbirning ham, toʻgʻri yoʻlga yurmaydigan zoʻravonning ham qalbini muhrlab qoʻyadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 34 Keyingi Ghafir • Oyat 36