Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 35

الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ ۖ كَبُرَ مَقْتًا عِنْدَ اللَّهِ وَعِنْدَ الَّذِينَ آمَنُوا ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ قَلْبِ مُتَكَبِّرٍ جَبَّارٍ 35 ٣٥

Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq g`azabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zo`ravon qalbni muhrlar», dedi. (35)

Tafsir
Allohning oyatlari haqida hech bir hujjatsiz, dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh nazdida ham, moʻminlar nazdida ham katta nafratga duchor boʻladilar. Alloh mana shularning qalblarini muhrlab qoʻyganidek, har bir haqni tan olishdan oʻzini katta olgan mutakabbirning ham, toʻgʻri yoʻlga yurmaydigan zoʻravonning ham qalbini muhrlab qoʻyadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin