Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 3)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 3

غَافِرِ الذَّنْبِ وَقَابِلِ التَّوْبِ شَدِيدِ الْعِقَابِ ذِي الطَّوْلِ ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ إِلَيْهِ الْمَصِيرُ 3 ٣

U, gunohni mag`firat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi bo`lgan Zotdir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Qaytish Uning O`zigaginadir. (3)

Tafsir
Osiylar gunohlarini kechirguvchi, tavba qilgan bandaning tavbasini qabul qilguvchi, tavba qilmaganlarga nisbatan jazosi qattiq, fazlu karami keng Zot tarafidan. Undan oʻzga chin mabud yoʻq. Qiyomat kuni hamma bandalarning qaytib borar joyi yolgʻiz Ungadir. Oʻshanda amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin