Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 56)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 56

إِنَّ الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ ۙ إِنْ فِي صُدُورِهِمْ إِلَّا كِبْرٌ مَا هُمْ بِبَالِغِيهِ ۚ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ ۖ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ 56 ٥٦

Albatta, Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan o`zga narsa yo`q. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh so`ra. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir. (56)

Tafsir
Allohning oyatlarini nohaqqa chiqarish uchun biron dalilsiz, hujjatsiz talashib-tortishayotganlarning bu ishlari haqni tan olishdan oʻzlarini katta olib, takabburlik qilayotganlaridan oʻzga narsa emas. Ular hech qachon oʻzlari istayotgan choʻqqiga yeta olmaydilar. Bas, ey Paygʻambar, Allohdan panoh soʻrang, U Zotga yukuning. Albatta U, bandalarining aytayotgan gaplarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib turadigan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas va yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin