Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lmas. Iymon keltirib, solih amallar qilganlar bilan yomonlik qilguvchi ham. Juda ham kam eslaysizlar. (58)
Tafsir
Koʻradigan koʻzi ochiq bilan koʻrmaydigan koʻr teng emas. Allohga iymon keltirib, yaxshi amallarni qiladigan moʻminlar bilan etiqodi buzuq, yomon ishlarni qiladigan kofir ham teng emas. Sizlar juda oz ibratlanasizlar. Yetarlicha ibratlanganingizda edi, bu ikki guruh orasidagi farqni anglab, iymon keltirgan va Allohning roziligini topish uchun yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlar safida boʻlishga harakat qilib qolgan boʻlar edingizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: