Sura Ghafir (Mag‘firat qiluvchi — غافر) (Oyat 82)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




40 Ghafir(غافر), Oyat 82

أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 82 ٨٢

Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi. (82)

Tafsir
Anavi haqni tan olmay, yolgʻonga chiqarayotganlar yer yuzini aylanib, oʻzlaridan oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati qanday boʻlgani haqida fikr yuritmaydilarmi?! Ular bulardan koʻra boyroq, qudratliroq va yer yuzida koʻproq iz qoldirgan edi-ku! Allohning azobi kelgan paytda ularga mol-davlatlari ham, kuch-qudratlari ham asqotmadi-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin