Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 15

فَأَمَّا عَادٌ فَاسْتَكْبَرُوا فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَقَالُوا مَنْ أَشَدُّ مِنَّا قُوَّةً ۖ أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَهُمْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۖ وَكَانُوا بِآيَاتِنَا يَجْحَدُونَ 15 ١٥

Od (qavmi) bo`lsa, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qildilar. Ular: «Bizdan quvvatliroq kim bor?!» – dedilar. Ularni yaratgan Alloh o`zlaridan quvvatli ekanini bilmasmidilar?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor etar edilar. (15)

Tafsir
Endi Hud qavmi Od qabilasiga kelsak, ular kofir boʻlish bilan birga yer yuzida nohaq, nooʻrin katta ketib, atrofidagilarga zulmu zoʻravonlik qilib: "Bizdan ham kuchliroq kim bor ekan?", dedilar. Ularning nazdida oʻzlaridan kuchliroq zot yoʻq edi. Bas, Alloh ularga raddiya bildirib: "Ularni yaratgan, ularga oʻsha quvvatni ato etgan Alloh ulardan koʻra qudratliroq ekanini bilmasmidilar?", dedi. Ular Hud alayhissalom olib kelgan Bizning oyatlarimizga kufr keltirardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin