Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 16

فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِي أَيَّامٍ نَحِسَاتٍ لِنُذِيقَهُمْ عَذَابَ الْخِزْيِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ الْآخِرَةِ أَخْزَىٰ ۖ وَهُمْ لَا يُنْصَرُونَ 16 ١٦

Bas, Biz ustlariga shumlik kunlarida sorsor shamolini yubordik. Buni ularga hayoti dunyoning xorlik azobini tottirish uchun qildik. Albatta, oxirat azobi xor qilguvchiroqdir va ularga nusrat berilmas. (16)

Tafsir
Ularga dunyo hayotidagi xorlik azobini tottirib qoʻyish uchun bir kunni ular uchun bexosiyat qilib, u kunda ustlariga dahshatli boʻronni yubordik. Ularni kutib turgan oxirat azobi bundan-da xor qilguvchiroqdir. U paytda ular oʻzlarini azobdan qutqarib qoladigan biron himoyachini topa olmay qoladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin