Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 39

وَمِنْ آيَاتِهِ أَنَّكَ تَرَى الْأَرْضَ خَاشِعَةً فَإِذَا أَنْزَلْنَا عَلَيْهَا الْمَاءَ اهْتَزَّتْ وَرَبَتْ ۚ إِنَّ الَّذِي أَحْيَاهَا لَمُحْيِي الْمَوْتَىٰ ۚ إِنَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 39 ٣٩

Yana Uning oyatlaridan, yerni qaqragan holda ko`rishingdir. Bas, Biz uning ustidan suv tushirsak, u qimirlar va o`sar. Uni tiriltirgan Zot, albatta, o`liklarni ham tiriltirguvchidir. Albatta, U zot har bir narsaga qodirdir. (39)

Tafsir
Allohning birligi, buyukligi va qayta tiriltirishga qodirligiga dalolat qiladigan oyatlaridan biri shuki, siz bir tap-taqir yerni koʻrasiz. Unga yomgʻir yogʻdirsak, ichidagi urugʻlar ozuqalanib, zamin harakatga keladi. Mana shu oʻlik yerni tiriltirgan Zot oʻlik odamlarni ham tiriltirishga va hisob-kitob qilib, jazo yoki mukofotlarini berishga Qodir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin