Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 47

إِلَيْهِ يُرَدُّ عِلْمُ السَّاعَةِ ۚ وَمَا تَخْرُجُ مِنْ ثَمَرَاتٍ مِنْ أَكْمَامِهَا وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنْثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِ ۚ وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ أَيْنَ شُرَكَائِي قَالُوا آذَنَّاكَ مَا مِنَّا مِنْ شَهِيدٍ 47 ٤٧

Soat(qiyomat) ilmi U zotning O`zigagina qaytarilur. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir urg`ochining nimaga homilador bo`lishi ham, nimani tug`ishi ham faqat Uning ilmi ila bo`lur. U zot ularga: «Mening sheriklarim qani?!» – deb nido qiladigan kunda, ular: «Biz senga bildiramizki, bunga bizdan birorta guvoh yo`q», derlar. (47)

Tafsir
Soat ilmi, Qiyomat kunini bilish yolgʻiz Allohga qaytariladi, havola qilinadi. Uning qachon boʻlishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, har bir ayolning nimaga homilador boʻlishi va nimani tugʻishi ham U Zotning ilmi bilangina boʻladi. Alloh mushriklarga: "Menga sherik qilayotgan oʻsha butlaringiz qani?", deb nido qilgan kunda ular: "Etirof etamizki, oramizda bironta odam Sening sheriging borligiga guvoh boʻlolmas", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin