Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 9

قُلْ أَئِنَّكُمْ لَتَكْفُرُونَ بِالَّذِي خَلَقَ الْأَرْضَ فِي يَوْمَيْنِ وَتَجْعَلُونَ لَهُ أَنْدَادًا ۚ ذَٰلِكَ رَبُّ الْعَالَمِينَ 9 ٩

Sen: «Sizlar, haqiqatan ham, yerni ikki kunda yaratgan Zotga kufr keltiryapsizmi va Unga tengdoshlar qo`shyapsizmi?! Axir, U zot olamlarning Robbi-ku! (9)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Nima uchun sizlar zaminni ikki kunda, Yakshanba va Dushanba kunlari yaratib qoʻygan Zotga kufr keltiryapsizlar va Unga boshqalarni sherik qilyapsizlar? Uni qoʻyib, boshqalarga ibodat qilyapsizlar? Nima uchun? Axir U Zot barcha maxluqotlarning Parvardigori-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin