Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga o`z jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni o`sha (juftlik) asosida ko`paytirur. U zotga o`xshash hech narsa yo`qdir. U zot o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir. (11)
Tafsir
Alloh osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan Zotdir. U sizlarni ham, tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlarini ham juft-juft qilib yaratdi. Shu juftlik orqali koʻpayasizlar. Oʻzlaringiz uylanasizlar, turmush qurasizlar. Hayvonlarning esa goʻshtlaridan, sutlaridan, yunglaridan foydalanib yashaysizlar. Allohga maxluqotlaridan birontasi oʻxshash emas. U bandalarining aytayotgan gaplarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib turguvchi Zotdir. Biron narsa U Zotning etiboridan chetda qolmaydi va yaqinda bandalarini qilgan amallariga yarasha jazolaydi yoki mukofotlaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: