Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 14

وَمَا تَفَرَّقُوا إِلَّا مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّ الَّذِينَ أُورِثُوا الْكِتَابَ مِنْ بَعْدِهِمْ لَفِي شَكٍّ مِنْهُ مُرِيبٍ 14 ١٤

Ular faqat o`zlariga ilm kelgandan keyingina, o`zaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) ma'lum muddatgacha (qoldirish) haqida so`z o`tgan bo`lmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan bo`lur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar. (14)

Tafsir
Kofir va mushriklar Muhammad alayhissalomning paygʻambar boʻlib kelishi haqidagi hujjat kelganidan keyin oʻzaro adovatlashib, guruh-guruhlarga boʻlinib ketdilar. Allohning ilmida ularga yuboriladigan azob muayyan muddatga, Qiyomat kunigacha kechiktirilishi haqida gap oʻtmaganida edi, Alloh ular ustidan Oʻz hukmini chiqarib, bir zumda ularni jazolagan boʻlardi. Tavrot vorisi boʻlgan yahudiylar ham, Injil vorisi boʻlgan nasroniylar ham, ulardan keyingi mushriklar ham Muhammad alayhissalom olib kelgan Quron haqida shak-shubhadadirlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin