Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 16

وَالَّذِينَ يُحَاجُّونَ فِي اللَّهِ مِنْ بَعْدِ مَا اسْتُجِيبَ لَهُ حُجَّتُهُمْ دَاحِضَةٌ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ 16 ١٦

Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga g`azab bordir va ularga shiddatli azob bordir. (16)

Tafsir
Muhammad alayhissalomga nozil qilingan dinni odamlar qabul qilganidan keyin yana u haqda talashib-tortishadiganlarning hujjati Allohning nazdida ham, moʻminlar nazdida ham behudadir, betasirdir. Ular haqni tan olmay kofir boʻlganlari uchun Allohning gʻazabiga uchraydilar. Qiyomat kuni esa qattiq azobga giriftor boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin