Sura Shuro (Maslahat — الشورى) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Shuro(الشورى), Oyat 27

وَلَوْ بَسَطَ اللَّهُ الرِّزْقَ لِعِبَادِهِ لَبَغَوْا فِي الْأَرْضِ وَلَٰكِنْ يُنَزِّلُ بِقَدَرٍ مَا يَشَاءُ ۚ إِنَّهُ بِعِبَادِهِ خَبِيرٌ بَصِيرٌ 27 ٢٧

Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qo`ysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U O`zi xohlaganiga o`lchov bilan tushiradi. Albatta, u O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`ruvchidir. (27)

Tafsir
Agar Alloh hamma bandalariga rizqni moʻl qilib qoʻyganida yer yuzida hadlaridan oshib, zulmu zoʻravonlik qilgan boʻlardilar. Lekin Alloh rizqni Oʻzi istagan miqdorda keng va tang qilib tushiradi. U bandalarining ahvolidan Xabardor va ularni koʻrib turguvchi Zotdir. U Zotning berishida ham, bermasligida ham bir hikmat bor.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin