Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qo`yilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir. (29)
Tafsir
Osmonlaru yerning yaratilishi va ularga sochib yuborilgan xilma-xil ajoyib maxluqotlar Allohning yagonaligi va qudratiga dalolat qiladigan oyatlaridandir. U Zot istagan paytida ularni hisob-kitob qilish va jazo yoki mukofotlarini berish uchun jamlab olishga Qodir. Ularni dastlab qanday yoʻqdan bor qilgan boʻlsa, oʻshanday yana qayta tiriltiraveradi. Bu ish U Zot uchun ogʻir emas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: