Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 36

فَمَا أُوتِيتُمْ مِنْ شَيْءٍ فَمَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ وَمَا عِنْدَ اللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ لِلَّذِينَ آمَنُوا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ 36 ٣٦

Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir. (36)

Tafsir
Ey odamlar, sizlarga berilgan mol-dunyo, obroʻ-etibor, farzand kabi nematlar shu dunyoning oʻtkinchi matosidir. Haqiqiy barqaror, mangu nemat esa Allohga iymon keltirib, barcha ishlarida Ungagina tavakkul qiladigan moʻminlar uchun tayyorlab qoʻygan abadiy jannatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin