Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 48

فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ ۗ وَإِنَّا إِذَا أَذَقْنَا الْإِنْسَانَ مِنَّا رَحْمَةً فَرِحَ بِهَا ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَإِنَّ الْإِنْسَانَ كَفُورٌ 48 ٤٨

Agar ular yuz o`girsalar, bas, biz seni ularga qo`riqchi qilib yuborganimiz yo`q. Sening zimmangda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Albatta, biz insonga O`zimizdan rahmat tottirgan chog`imizda u undan quvonur va agar ularga o`z qo`llari taqdim etgan narsa tufayli yomonlik yetsa, bas, albatta, inson kufroni ne'mat qilur. (48)

Tafsir
Ey Paygʻambar, agar siz buyurgan ishlarni bajarishdan bosh tortsalar, bas, Biz sizni ularning har bir ishini nazorat qilib turadigan qoʻriqchi qilib yubormaganmiz. Sizning vazifangiz yetkazib qoʻyish, xolos. Hisob-kitobni esa Allohning Oʻzi qilib oladi. Biz insonga marhamat koʻrsatib, uni sogʻlik, boylik kabi bironta nemat bilan siylasak, xursand boʻladi. Oʻzi qilgan gunohi tufayli unga bir musibat yetganda esa u tabiatan nonkoʻr, noshukrdir va Allohning qadaridan norozidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin