Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 51

وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَنْ يُكَلِّمَهُ اللَّهُ إِلَّا وَحْيًا أَوْ مِنْ وَرَاءِ حِجَابٍ أَوْ يُرْسِلَ رَسُولًا فَيُوحِيَ بِإِذْنِهِ مَا يَشَاءُ ۚ إِنَّهُ عَلِيٌّ حَكِيمٌ 51 ٥١

Allohning bashar bilan gaplashmog`i bo`lmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot o`ta oliy va o`ta hikmatlidir. (51)

Tafsir
Biron inson uchun Alloh u bilan gaplashmogʻi durust emas. Faqat ilhom vositasida yo Allohni koʻrmasdan gapini eshitish bilan yoki biron farishtani, masalan, Jabroilni elchi qilib, u orqali paygʻambarlarga vahiy yuborish holatlari bundan mustasno. Alloh Oʻz zotida ham, sifatlari borasida ham Oliydir. Har bir yaratishini, qadarini va shariatini bir hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin