Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 7

وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لِتُنْذِرَ أُمَّ الْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنْذِرَ يَوْمَ الْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ فَرِيقٌ فِي الْجَنَّةِ وَفَرِيقٌ فِي السَّعِيرِ 7 ٧

Ana shunday qilib, Biz senga shaharlarning onasini va uning atrofini ogohlantirishing uchun, bo`lishida hech shubha yo`q jamlash kunidan ogohlantirishing uchun arabiy Qur'onni yubordik. Bir guruh jannatda, bir guruh do`zaxda. (7)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldingi paygʻambarlarga nozil qilganimizdek, sizga ham arabiy Quronni Makka ahli va uning atrofidagilarni oldingiyu keyingi hamma-hamma hisob-kitob uchun, jazo yoki mukofot uchun toʻplanadigan Qiyomat kunidan ogohlantirishingiz uchun vahiy qildik. Bu kunning kelishi muqarrardir. Unda shak-shubha yoʻq. U paytda odamlar ikki guruhga ajraladilar. Bir guruh, yani, moʻminlar jannatda boʻlsalar, boshqalari, yani, kofirlar doʻzaxda boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin