Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 9

أَمِ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءَ ۖ فَاللَّهُ هُوَ الْوَلِيُّ وَهُوَ يُحْيِي الْمَوْتَىٰ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 9 ٩

Yoki ular undan boshqa «do`stlar» tutdilarmi?! Bas, Allohning O`zigina do`stdir. U zot o`liklarni tiriltirur. U zot har bir narsaga qodirdir. (9)

Tafsir
Anavi mushriklar Allohni qoʻyib, boshqalarni doʻst tutdilarmi? Holbuki, chin, haqiqiy doʻst yolgʻiz Allohdir. Undan boshqasi foyda ham, zarar ham keltira olmaydi. Hisob-kitob va jazo yoki mukofot uchun oʻliklarni tiriltiradigan ham yolgʻiz Uning Oʻzidir. U har ishga Qodir. Uning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin