Sura Zuxruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Zuxruf(الزخرف), Oyat 22

بَلْ قَالُوا إِنَّا وَجَدْنَا آبَاءَنَا عَلَىٰ أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَىٰ آثَارِهِمْ مُهْتَدُونَ 22 ٢٢

Yo`q! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan (ergashib) hidoyat topguvchidirmiz», dedilar. (22)

Tafsir
Yoʻq, ularga hech qanday kitob berilmagan. Ularning hujjati koʻr taqliddan oʻzga narsa emas. Aytadilarki, oldingi ota-bobolarimizni bir din, bir millat oʻlaroq tanidik. Ular but-sanamlarga ibodat qilardilar. Bas, biz ham ularning izidan boraveramiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin