Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 28)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qani endi, Allohni qo`yib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yo`q! Ular g`oyib bo`ldilar. Va bu ularning uydirma hamda to`qigan bo`htonlaridir. (28)
Tafsir
Allohni qoʻyib, oʻsha xudo qilib olgan butlari ularga yordam berarmikin?! Ibodatlaru qurbonliklar bilan ularga sigʻinayotgan edilar-ku! Aslo. Hech qachon yordam bera olmaydilar. Aksincha, ularga eng muhtoj boʻlgan paytlarida ular koʻzga koʻrinmay qoladilar. Bu ularning yolgʻonlari va uydirmalaridan boshqa narsa emas. Ular, bu butlar foyda beradi, Allohning huzurida shafoat qiladi, deb oʻzlarini oʻzlari aldab yuribdilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: