Sura Az-Zukhruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 49)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Az-Zukhruf(الزخرف), Oyat 49

وَقَالُوا يَا أَيُّهَ السَّاحِرُ ادْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِنْدَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ 49 ٤٩

Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan bo`lamiz», dedilar. (49)

Tafsir
Ular azobga giriftor boʻlishgach, Muso alayhissalomga: " Ey sehrgar, (Bu yerda "sehrgar" soʻzi yerga urish emas, ulugʻlash manosida kelyapti. Chunki u paytlarda sehrgarlar hamma hurmat qiladigan eng obroʻli odamlar boʻlishgan), Parvardigoring senga, agar biz iymon keltirsak, azobni bartaraf etishini vada qilgandi. Shu vadasi haqqi Unga biz uchun duo qil. Agar bizdan bu baloni daf qilsa, biz albatta toʻgʻri yoʻlga yuramiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin