Sura Az-Zukhruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Az-Zukhruf(الزخرف), Oyat 63

وَلَمَّا جَاءَ عِيسَىٰ بِالْبَيِّنَاتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُمْ بِالْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُمْ بَعْضَ الَّذِي تَخْتَلِفُونَ فِيهِ ۖ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ 63 ٦٣

Iyso ochiq-oydin hujjat (mo`'jiza)lar bilan kelgan chog`ida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan ba'zi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar. (63)

Tafsir
Iyso qavmiga oʻzining haq paygʻambar ekaniga yorqin dalillarni keltirgan paytida dedi: "Sizlarga Alloh tarafidan hikmatni keltirdim hamda oʻzinglar ixtilof qilib yurgan diniy ishlaringizni tushuntirib berish uchun keldim. Bas, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Menga ham itoat etib, buyruqlarimni bajaringlar va taqiqlarimdan tiyilinglar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin