Sura Zuxruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Zuxruf(الزخرف), Oyat 71

يُطَافُ عَلَيْهِمْ بِصِحَافٍ مِنْ ذَهَبٍ وَأَكْوَابٍ ۖ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ الْأَنْفُسُ وَتَلَذُّ الْأَعْيُنُ ۖ وَأَنْتُمْ فِيهَا خَالِدُونَ 71 ٧١

Ularga tillodan bo`lgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda ko`ngil ishtaha qiladigan va ko`zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar. (71)

Tafsir
Ularga xizmatkorlar oltin laganlarda va qadahlarda taom va sharoblarni aylantirib turadilar. Jannatda koʻngil nimani tusasa, koʻz nimani koʻrib lazzatlansa, hammasi muhayyo. Sizlar esa u yerda abadiy qolasizlar. Hech qachon undan chiqmaysizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin