Ularga tillodan bo`lgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda ko`ngil ishtaha qiladigan va ko`zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar. Zuxruf 43:71 ⧉
Tafsir:
Ularga xizmatkorlar oltin laganlarda va qadahlarda taom va sharoblarni aylantirib turadilar. Jannatda koʻngil nimani tusasa, koʻz nimani koʻrib lazzatlansa, hammasi muhayyo. Sizlar esa u yerda abadiy qolasizlar. Hech qachon undan chiqmaysizlar.