Sura Al-Jathiyah (Tizzalovchilar — الجاثية) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




45 Al-Jathiyah(الجاثية), Oyat 21

أَمْ حَسِبَ الَّذِينَ اجْتَرَحُوا السَّيِّئَاتِ أَنْ نَجْعَلَهُمْ كَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَوَاءً مَحْيَاهُمْ وَمَمَاتُهُمْ ۚ سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ 21 ٢١

Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o`xshash qilmog`imizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo`lishini gumon qilsalar?! Ularning qilgan hukmi naqadar ham yomon! (21)

Tafsir
Kufru masiyatlarga botganlar Alloh bizni ham iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan zotlar kabi mukofotlaydi va biz dunyoda ham, oxiratda ham ular bilan bir xil boʻlamiz, deb oʻylaydilarmi? Ularning bu hukmi naqadar manfur hukm!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin