Sura Al-Jathiyah (Tizzalovchilar — الجاثية) (Oyat 23)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ayting-chi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulog`iga hamda qalbiga muhr bosib, ko`ziga parda tortib qo`ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?! (23)
Tafsir
Ey Paygʻambar, havoyi nafsiga ergashib, uni xuddi mabuddek koʻradigan kimsaga bir qarang. Alloh uni bilgan holida adashtirib qoʻygan. U oʻzi adashtirilishga loyiq boʻlgan. Uning qulogʻi va qalbini muhrlagan. Endi uning qulogʻiga foydali gaplar kirmaydi. Alloh uning koʻziga parda tortib qoʻygan. Endi u haqni koʻra olmaydi. Alloh adashtirib qoʻyganidan keyin endi unga kim ham tavfiq bera olardi?! Bas, havoyi nafsga ergashishning zararlarini, Allohning shariatiga ergashishning foydalarini koʻrib, ulardan ibrat olmaysizlarmi?
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: