Sura Ahqof (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Ahqof(الأحقاف), Oyat 11

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا لَوْ كَانَ خَيْرًا مَا سَبَقُونَا إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا بِهِ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَا إِفْكٌ قَدِيمٌ 11 ١١

Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar. (11)

Tafsir
Quronga, Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolatga kufr keltirganlar moʻminlarga shunday dedilar: "Agar Muhammad olib kelgan narsa yaxshilikka olib boradigan haq boʻlganida anavi yalangoyoq qashshoqlar va qullar unga bizdan oldin bormagan boʻlardilar". Oʻzlari hidoyat topa olmagach: "Bu eski uydirmadir, biz uydirmalarga ergashadigan odamlar emasmiz", deyishlari tayin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin