Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 12)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U(Qur'on)dan oldin Musoning kitobi yo`l boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qur'on) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir. (12)
Tafsir
Qurondan oldin Tavrot kelgan. Alloh uni Muso alayhissalomga nozil qilgan. U haqqa ergashadiganlar uchun peshvo, Bani Isroil orasidagi unga iymon keltirib, yoʻriqlariga yurgan kishilarga rahmat boʻlgan. Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Quron esa oʻzidan oldin kelgan kitoblarni tasdiqlab, kufru masiyatlar ila oʻz joniga jabr qilgan zolimlarni azobdan ogohlantirib, Yaratuvchisi bilan ham, maxluqotlar bilan ham goʻzal aloqada boʻlgan muhsinlarga xushxabar boʻlib, arab tilida kelgan.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: