Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 17)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning va'dasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar o`tgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda, ular: «Holingga voy bo`lgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa: «Bu o`tganlarning afsonalari, xolos», der. (17)
Tafsir
Yana bir farzand ota-onasiga dedi: "Suf sizlarga! Oʻlganimdan keyin qayta tirilib, qabrimdan chiqarilishimga vada beryapsizlarmi? Qanchadan-qancha avlodlar oʻtib ketgan-ku. Ulardan qaysi biri tirilib kelibdi?!" Ota-ona Allohdan farzandlari uchun iymon soʻrab dedilar: "Qayta tirilishga ishonmaydigan boʻlsang, shoʻring qursin. Iymon keltir. Allohning qayta tiriltirish haqidagi vadasi haqdir. Bu ishning yuz berishiga shak-shubha yoʻq". Farzand esa bu gaplarga parvo qilmasdan, boyagidek qayta tirilishni inkor qilib: "Bu gaplar oldingilarning afsonalaridan boshqa narsa emas. Ularning Alloh tarafidan ekani oʻz isbotini topmagan", deydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: