Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 20

وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَاتِكُمْ فِي حَيَاتِكُمُ الدُّنْيَا وَاسْتَمْتَعْتُمْ بِهَا فَالْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ الْهُونِ بِمَا كُنْتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِي الْأَرْضِ بِغَيْرِ الْحَقِّ وَبِمَا كُنْتُمْ تَفْسُقُونَ 20 ٢٠

Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib bo`lgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur. (20)

Tafsir
Allohga kufr keltirib, paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarganlar doʻzaxga roʻbaroʻ qilinganlarida ularga zugʻum bilan shunday deyilur: "Dunyo hayotingizdagi huzur-halovatingizni oʻtkazib, undagi lazzatlardan foydalanib boʻldingiz. Mana, endi bugun yer yuzida nohaq takabburlik qilib, kufru masiyatlar ila Allohga itoatsizlik qilganingiz tufayli jazoga tortilib, xorlik azobiga giriftor boʻlursizlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin