Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 21)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
O`z qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar o`tgan. «U zotdan o`zgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulug` kunda boshingizga tushadigan azobdan qo`rqurman, (dedi)». (21)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Odning birodari Hudni eslang. U oʻz qavmini Allohning azobiga duchor boʻlib qolishdan ogohlantirgandi. Ular arab jazirasining janubidagi qumtepalarda yashardilar. Huddan oldin ham, keyin ham oʻz qavmini azobdan ogohlantirgan paygʻambarlar oʻtgan. Ular oʻz qavmlariga shunday deganlar: "Yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar! Undan boshqa hech kimga, hech narsaga ibodat qilmanglar! Ey qavmim, sizlarning boshingizga ulugʻ kunning, Qiyomat kunining azobi tushib qolishidan xavotirdaman".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: