Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 26

وَلَقَدْ مَكَّنَّاهُمْ فِيمَا إِنْ مَكَّنَّاكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَارًا وَأَفْئِدَةً فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَا أَبْصَارُهُمْ وَلَا أَفْئِدَتُهُمْ مِنْ شَيْءٍ إِذْ كَانُوا يَجْحَدُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَحَاقَ بِهِمْ مَا كَانُوا بِهِ يَسْتَهْزِئُونَ 26 ٢٦

Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, ko`z va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na ko`zlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni o`zlari masxara qilgan narsa (azob) o`rab oldi. (26)

Tafsir
Biz Hud qavmiga sizlarga bermagan imkoniyatlarni bergandik. Ularga eshitadigan quloqlar, koʻradigan koʻzlar va aql yuritadigan qalblar ato etgandik. Ularga quloqlari ham, koʻzlari ham, aqllari ham biron narsada asqotmadi. Ularni Allohning azobidan qutqarib qola olmadi. Chunki ular Allohning oyatlarini inkor etib, Hud alayhissalom ogohlantirgan azob ustidan kulardilar, masxara qilardilar. Oqibatda xuddi ana shu azobga giriftor boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin