Sura Ahqof (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Ahqof(الأحقاف), Oyat 33

أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّ اللَّهَ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَلَمْ يَعْيَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَادِرٍ عَلَىٰ أَنْ يُحْيِيَ الْمَوْتَىٰ ۚ بَلَىٰ إِنَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 33 ٣٣

Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol bo`lmagan Alloh o`liklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir. (33)

Tafsir
Anavi qayta tirilishni yolgʻonga chiqarayotgan mushriklar osmonlaru yerni yaratgan va shu qadar ulkan, bepoyon mavjuotlarni yaratishga ojizlik qilmagan Alloh oʻliklarni hisob-kitob va jazo yoki mukofot uchun qayta tiriltirishga qodir ekanini anglamadilarmi? Ha, U Zot ularni qayta tiriltirishga qodir. U Zot hamma narsaga qodir. Qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin