Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol bo`lmagan Alloh o`liklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir. Ahqof 46:33 ⧉
Tafsir:
Anavi qayta tirilishni yolgʻonga chiqarayotgan mushriklar osmonlaru yerni yaratgan va shu qadar ulkan, bepoyon mavjuotlarni yaratishga ojizlik qilmagan Alloh oʻliklarni hisob-kitob va jazo yoki mukofot uchun qayta tiriltirishga qodir ekanini anglamadilarmi? Ha, U Zot ularni qayta tiriltirishga qodir. U Zot hamma narsaga qodir. Qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq.