Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahqof — Oyat 34 (Oʻzbekcha) — Video

Ahqof • Oyat 35 dan 34 • Oʻzbekcha


وَيَوْمَ يُعْرَضُ الَّذِينَ كَفَرُوا عَلَى النَّارِ أَلَيْسَ هَٰذَا بِالْحَقِّ ۖ قَالُوا بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا الْعَذَابَ بِمَا كُنْتُمْ تَكْفُرُونَ 34
Tarjima:
Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi. Ahqof 46:34
Tafsir:
Allohga va paygʻambariga kufr keltirganlar azoblanishlari uchun doʻzaxga roʻbaroʻ qilanganlarida ularga zugʻum bilan shunday deyiladi: "Mana, azobni koʻrib turibsizlar! U haq ekanmi yoki u dunyoda sizlar aytganingizdek yolgʻon ekanmi?!" Dedilar: "Ha, Parvardigorimizga qasamki, u haq ekan". Shunda ularga aytilur: "Allohga kufr keltirganingiz uchun endi azobni tatinglar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahqof • Oyat 33 Keyingi Ahqof • Oyat 35